UEFA ayollar o’rtasidagi Evropa chempionatining mukofot pullarini ikki barobarga oshiradi

UEFA ayollar o'rtasidagi Evropa chempionatining mukofot pullarini ikki barobarga oshiradi

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilning yozida Angliyada bo’lib o’tadigan ayollar o’rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etadigan jamoalarning mukofot pullarini ikki barobarga oshirdi.

Musobaqaning 16 jamoasi 16 million yevroni bo’lishadi. 2017 yilda Gollandiyada bo’lib o’tgan oldingi Evropa chempionatining byudjeti 8 million yevroni tashkil qilgan.

Shuningdek, UEFA futbol klublari Evropa chempionatida qatnashadigan ayollar klublarini moliyaviy rag’batlantirish dasturini tasdiqladi, buning uchun 4,5 million yevro ajratiladi.

Angliyada bo’lib o’tadigan 2022 yilgi Evropa chempionatida mezbon davlatdan tashqari Rossiya, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Norvegiya, Rossiya, Shimoliy Irlandiya, Finlyandiya, Fransiya, Shveytsariya va Shvetsiya o’zaro kuch sinashadi. .

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments