Abramov: «O’yin borasida e’tirozlar bor, jarohatlangan futbolchilarning holati esa ertaga aniq bo’ladi»

Abramov O'zbekiston o'yini haqida gapirib berdi

O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur terma jamoasi (5:0)ga qarshi o’yinda yirik g’alabaga erishdi

«Birinchi navbatda yigitlarni tabriklagan bo’lardim, sababi bunday qiyin sharoitda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Albatta, hisob xursand qiladi, ammo bunday o’yin uchun ko’plab sariq kartochkalar va jarohatlangan o’yinchilar ham bor. Maydon biroz qattiqroq, bu nima bilan bog’liq ekanligini bilmayman, ammo o’yinchilar oyoqlarini shikastlab olishdi, afsus.

O’yin borasida ham etirozlar bor. Umid qilamanki, bu ilk o’yindagi hayajon bilan bog’liq holat. Ertaga tizzasidan jarohat olgan o’yinchilarning holati aniq bo’ladi. O’yinda majburiy o’zgarishlar bo’ldi va rejaga biroz putur etdi, ayrim o’yinchilarga dam bermoqchi edik, ammo ular oxiriga qadar o’ynashga majbur bo’lishdi»

 – deydi Abramov.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments