«Ahmoqlar!» teleboshlovchi Davron Kabulov O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyini tanqid qildi

Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida Saudiya Arabistonga mag’lub bo’ldi va Qatarga yo’llanmani qo’ldan boy berdi. Bu mag’lubiyat ijtimoiy tarmoqlarda juda ko’p muhokamalarga sabab bo’ldi. Davron Kabulov o’z instagram sahifasida Vadim Abramovni keskin tanqid qildi. U o’z obunachilariga bundan ikki yil oldin Vadim Abramovning muvaffaqiyatsizlikka duchor bo’lishini bo’lishini bashorat qilganini eslatib o’tdi.

Oddiy o’zbek teleboshlovchiga murabbiylikni berolmaymiz! Lekin, faqat o’zi bilan shartnoma tuzgan futbolchilarni o’ynatadigan arman agentga beramiz. Totalizatorda o’ynashni hamma biladigan boshqa armanga terma jamoani bera olamiz. Ahmoqlar!

deb yozadi Kabulov instagram Storiesida

Qiziq, 2019-yilda Davron Kabulov bosh murabbiylikka xohishi borligini bildirgan edi. Shunda u terma jamoamizning Falastinga mag’lubiyatidan so’ng instagram sahifasida izoh qoldirgan edi.

Vaziyat yanada yomonlashdi. Oldinga harakat yo’q. Men murabbiy emasman, lekin O’zbekistonni jahon chempionatiga olib borishga qodirman. Menga pul kerak emas. Men hatto yordamchilarga o’zim maosh to’lashga tayyorman. Imkoniyat bering, biz natijaga erishamiz, – va’da berdi Kabulov.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments