Ana xolos! O’FA qaror qabul qildi: «Navbahor» ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o’tkazadi

Ana xolos! O'FA qaror qabul qildi: "Navbahor" ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi

O’zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo’mitasining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda Coca-Cola Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “Paxtakor” uchrashuvida yuzaga kelgan tartibsizliklar masalasi ko’rib chiqildi.

Qo’mitaga taqdim etilgan malumotlar, dalillar hamda video-yozuvlar natijasida uchrashuv davomida har ikki jamoaning ayrim rasmiy shaxslari texnik zonani bir necha marotaba tark etib, bosh hakamga qo’pol tarzda etiroz bildirgani, uchrashuvning 90-daqiqasida bosh hakam VAR monitoridan foydalanishi vaqtida uning ish faoliyatiga halal berilgani aniqlandi. Qolaversa, uchrashuvning so’ngida “Navbahor” futbol klubi muxlislari uchrashuv rasmiy shaxslarini nomaqul so’zlar bilan haqorat qilgani, shuningdek, ular tomonidan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani, O’zMTRKga tegishli ko’chma televizion stanciyaga hujum qilingani va unga jiddiy zarar yetkazilgani malum bo’ldi.

Mavjud dalillar va ko’rsatmalar atroflicha o’rganib chiqilib, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Navbahor lochinlari” futbol klubi ishqibozlarini muxlislik madaniyatidan chetga chiqib, stadionga turli buyumlarni uloqtirgani, stadion va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, jamoa rasmiy shaxslari tomonidan stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo’lgan nojo’ya xatti-harakatlar sodir etilgani sababli O’zbekiston futbol associaciyasi Intizom kodeksining 5.4., 5.9-bandlariga muvofiq “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan navbatdagi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o’tkazish intizom chorasi qo’llanildi.

SHuningdek, “Navbahor lochinlari” futbol klubi Texnik direktori Mustafo Bayramov, darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo’lgan nojo’ya xatti-harakatlar sodir etgani, jamoa mamuri Abdurauf G’ulomov uchrashuv yakunida raqib jamoa futbolchilari maydonni tark etayotgan vaqtda noprofessional tarzda ularni juda qo’pol so’zlar bilan haqorat qilgani uchun ularga nisbatan futbol klubi tomonidan ichki intizom chorasini qo’llash to’g’risida “Navbahor lochinlari” futbol klubiga yozma taqdimnoma kiritildi.

O’z o’rnida, uchrashuv vaqtida “Paxtakor” futbol klubi rasmiy shaxslari tomonidan texnik zonani bir necha bor tark etib, stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo’lgan nojo’ya xatti-harakatlari sodir etilgani, jamoa rasmiylari va ayrim futbolchilari uchrashuv bosh hakamini bir necha marta nomaqul so’zlar bilan haqorat qilgani uchun “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan O’zbekiston futbol associaciyasi Intizom kodeksining 5.4-bandiga muvofiq jarima intizom chorasi qo’llanildi.

Malumot uchun, «Navbahor» navbatdagi ikkita uy o’yinnini «Turon» va «Surxon»ga qarshi o’tkazadi.

O’xshash yangiliklar

5 1 vote
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
1 Комментарий
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Shanay
Shanay
3 months ago

Ну меня смущает только отсутствие опыта в вышке и то что он пришел в супер сложный момент, при тяжелом календаре. А так, Уфа умеет работать с молодыми тренерами конечно.