«Andijon» jamoasining ham tanishtiruv marosimi qachon va qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Yangi mavsumda o‘zgacha ko‘rinish berishga intilayotgan «Andijon» jamoasi tanishtiruv marosimi o‘tkazadi.

Sanoqli kunlardan so‘ng Superliganing 2021 yilgi mavsumi boshlanadi. «Burgutlar» birinchi turni Navoiy shahrida o‘tkazadi.

«Qizilqum»ga qarshi muhim uchrashuv oldidan jamoa yangi futbolchilarini keng ommaga yaqindan tanishtirishga qaror qildi. Shu bois, marosim 7 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Tadbir 7 mart kuni Andijon shahridagi «Yoshlar markazi»da (sobiq Cho‘lpon kinoteatri) soat 14:00da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments