Bugun futbol. «Metallurg» – «Qo’qon-1912»

Bugun futbol. "Metallurg" - "Qo'qon-1912"

Bugun Superligada 19-tur bahslariga start beriladi.

Bekobodda «Metallurg» – «Qo’qon-1912» bilan kuch sinashadi. Turnir jadvaliga nazar tashlaydigan bo’lsak, har ikki jamoa ketma-ket o’rinlarni egallab turibdi. «Metallurg» 19 ochko bilan 10-o’rinda borayotgan bo’lsa, «Qo’qon-1912» 21 ochko to’plagan va 9-o’rinni egallab turibdi.

SHunday bo’ldiki, «Metallurg» ikkinchi davrani qatorasiga to’rtta mag’lubiyat bilan boshladi. Va faqat o’tgan tur mehmonda «Andijon» bilan o’yinda ilk uch ochkosiga ega chiqdi. Qo’qonliklarga kelsak, bu jamoa ikkinchi davra boshlanganidan beri hozircha bir bor g’alaba qozondi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari uyda «Surxon»ni 2:0 hisobida mag’lub etishdi.

Bilasizmi? «Metallurg» oxirgi marta o’z maydonida 9-tur bahsida g’alaba qozongan. O’shanda bekobodliklar «Nasaf»ni 2:1 hisobida mag’lub etishgandi. «Qo’qon-1912» esa safarda oxirgi g’alabasini 10-turda «Lokomotiv» bilan o’yinda nishonlagan. SHundan beri qo’qonliklar safarda 3ta o’yinda maydonga tushib, ikki mag’lubiyat va bir durang qayd etishdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments