«Buxoro» hujumchisi Davron Isoqov kam gol urayotgani nima bilan bog’liq?

"Buxoro" hujumchisi Davron Isoqov kam gol urayotgani nima bilan bog'liq?

Pro-liganing 18-turida «Buxoro» safarda «Neftchi»ga qarshi o’ynadi.

O’yin 2:0 hisobida farg’onaliklarning g’alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so’ng «Buxoro» hujumchisi Davron Isoqov fikrlariga quloq tutdik.»Uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko’rdik», – deya so’z boshladi Isoqov. «Neftchi» jiddiy raqib ekanligini bilardik. O’tkazib yuborilgan gollar jamoamiz o’yiniga tasir ko’rsatdi. Bazi vaziyatlarda omadimiz kelmadi. SHuni hisobiga muhim bahsda mag’lubiyatga uchradik.

2-bosqich bellashuvlariga qura tashlandi. «Buxoro»ning Superligaga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

Hal qiluvchi pallaga etib keldik. Oldimizda turgan bahslarda ochko yo’qotmasligimiz kerak. Superliga yo’llanmasidan mosuvo bo’lishni istamaymiz. O’z navbatida klub rahbariyati ham bizni qo’llab-quvvatlashda davom etsa, bu futbolchilarga qo’shimcha motivaciya beradi. Barchasi o’z qo’limizda.

Joriy mavsumda «Buxoro» safida kam gol urmoqdasiz. Bu nima bilan bog’liq?

Omad kelmayapti. SHuningdek, jamoada murabbiylar almashuvi ham sabab bo’ldi. Yangi kelgan murabbiyning taktikasiga tushish, u sizdan nima istayotganini to’liq tushunib etguncha vaqt o’tib ketmoqda. Umid qilamanki, kelgusi bahslarda gollar urib, jamoaga foyda keltirmoqchiman.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments