Diyor Imomxo’jaev AGMK – «Istiqlol» o’yini haqida nima dedi?

Diyor Imomxo'jaev AGMK - "Istiqlol" o'yini haqida nima dedi?

PFL bosh direktori Diyor Imomxo’jaev OCHL 2-turidan o’rin olgan AGMK – «Istiqlol» uchrashuvi haqida post qoldirdi.

«O’yin yorqin bo’ldi. Biz qo’shnilar bilan mana shunday derbilarda ko’proq ishtirok etishimizdan har ikki tomon yutadi.


Tojikistonlik futbolchilarga bir jihat bilan tashakkur aytish mumkin — ular o’yin vaqtini suniy cho’zishga intilishmadi, bu tahsinga loyiq.

AGMK CHempionlar ligasida ikki xil o’yin o’tkazdi. Dastlabki xulosa shundayki, AGMK ikkinchi raqamda yorqinroq ko’rindi. Javob o’yinini intiqlik bilan kutamiz.

O’zbekiston va Tojikiston futbolini faqatgina shu o’yin bilan solishtirayotganlar diqqatiga: AGMK mamlakatimizning uchinchi klubi, Istiqlol esa Tojikistonning birinchi raqamli jamoasi. Biz g’alati solishtirishlarga vaqt sarflashimiz emas, xatolar ustida ishlashimiz kerak. Pandemiya tezroq yo’l bersa, 2022 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ishtirokida Liga kubogini tashkil etish masalasiga ham jiddiy yondoshishimiz shart. Biz qardoshlarmiz, biz bir-birimizga yaxshi oyna bo’la olamiz», – deb yozadi Diyor Imomxo’jaev telegramdagi o’z kanalida. 

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments