Futzal. Jahon chempionati-2021da video yordamchi ishlatiladi

Futzal bo'yicha jahon chempionati

Xabaringiz bor, shu yilning 12 sentyabr – 3 oktyabr sanalarida futzal bo’yicha IX Jahon chempionati bo’lib o’tadi.

Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O’zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

FIFA rasmiy saytining xabar berishicha, Jahon chempionatida birinchi marta video yordam tizimidan foydalaniladi.

Tizim videolarni boshqaruvchi operator va hakamlar uchun maydon chetidagi monitordan iborat bo’ladi.

Bu tizim bir qancha TOP ligalarda sinovdan o’tkazildi.

Ushbu tizimdan to’rtta holatni aniqlashda foydalaniladi:

1) Gol yoki gol emasligini aniqlashda.

2) Ehtimoliy penalti holatlarida.

3) To’g’ridan-to’g’ri qizil kartochkalarda.

4) Futzalchi noto’g’ri jazolanganda, yani vaziyatdagi haqiqiy ayborning shaxsini aniqlashda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments