Futzal. JCH-2021. Bugun O’zbekiston chorak final yo’llanmasi uchun Eronga qarshi bahs olib boradi

Futzal. JCH-2021. Bugun O'zbekiston chorak final yo'llanmasi uchun Eronga qarshi bahs olib boradi

Bugun, 24 sentyabr kuni futzal bo’yicha jahon chempionatining chorak final o’yinlari yakunlanadi.

O’zbekiston futzal terma jamoasi bugun 1/8 final doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o’ynaydi.

Yaxshi bilasiz, O’zbekiston futzalchilari «B» guruhida ikkinchi o’rinni egallab, JCHda ilk marotaba guruhdan chiqishdi. Pley-offning dastlabki bosqichida yigitlarimiz «Osiyo giganti» hisoblangan Eronga qarshi bahs olib boradilar. Eron ham huddi O’zbekiston kabi o’z guruhida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan. Ushbu o’yin g’olibi chorak finalda Qozog’iston terma jamoasiga qarshi o’ynaydi.

O’yin Toshkent vaqti bilan soat 19:30da Vilnyusdagi «Vilnius Arena» majmuasida start oladi.

Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments