«Istiqlol» «Bunyodkor» yoshlari bilan durang o‘ynadi, tarkibga esa yangi futbolchilar qo‘shildi

Bugun Toshkentda “Istiqlol” hamda “Bunyodkor” U-21 jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Istiqlol” safida bir nechta yangi nomlar ishtirok etdi. Jumladan, “Bunyodkor”dan Akobir Qayumov, Hasan Yuldashev va Muhammadazim Nurmatov farg‘onaliklar jamoasiga qo‘shilishdi. “Metallurg”dan Ibrohim Turg‘unboev ham “Istiqlol” tarkibida shug‘ullanyapti.

Shuningdek, sobiq o‘yinchi Eldor Ergashev ham jamoaga qaytdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida farg‘onaliklar hisobda oldinga chiqib olgandi. Golni esa Doston Bobojonov kiritdi. Muvozanat esa ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida tiklandi. Mezbonlar penaltidan gol urishdi va o‘yin durang bilan yakun topdi – 1:1.

“Istiqlol”: Farruh Turdaliev, Ahror O‘ktamov, Abduholiq Qurbonov, Abbos Maxsitaliev, Sardor Sotvoldiev, Malikshoh Rasulov, Doston Bobojonov, Shohruh Boyqo‘ziev, Dilyor Ermatov, Elyor Mamasoliev, Xushnud Bozorov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akobir Qayumov, Mo‘ydin Mamazulumov, Ibrohim Turg‘unboev, Hasan Yuldashev, Muhammada’zim Nurmatov, Iqbol Boboxonov, Eldor Ergashev.

Navbatdagi uchrashuv 5 mart kuni “Bunyodkor”ning asosiy jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments