Maxstaliev va uning yana bir jamoadoshi «Rubin»ga o’tdi

Maxstaliev "Rubin"ga o'tdi

Birinchi liga ishtirokchisi bo’lgan Toshkent viloyatining «Rubin» jamoasi yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga urinmoqda.

Gap shundaki, Farg’onaning «Istiqlol» jamoasi PRO-Ligadagi ishtirokini to’xtatgach, futbolchilari o’z-o’zidan erkin agentga aylandi. O’zPFL esa futbolchilarga qulaylik yaratish maqsadida garchi transfer oynasi ochilmagan bo’lsada, boshqa jamoa ro’yxatidan o’tishiga ruxsat berdi.

«Rubin» jamoasi rahbariyati bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, «Istiqlol»ning sobiq o’yinchilariga aylangan – Ahror O’ktamov bilan Eldor Ergashevni o’z tarkibiga qo’shib olgandi.

Malumotlarga ko’ra, kecha yana Abbos Maxstaliev bilan SHoxruh Boyqo’ziev ham «Rubin» bilan shartnoma imzolagan.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Coca Cola Kubogidagi ishtirokini yakunlagan Oxangaronning «Rubin» jamoasi endi asosiy etiborini chempionat o’yinlariga qaratadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments