OCHL-2021. AGMK «SHabab Al Ahli» bilan bugun ikkinchi bor to’qnash keladi.

AGMK SHabab Al ahliga qarshi

Olmaliqning AGMK jamoasi bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi to’rtinchi uchrashuvini o’tkazadi.

Markazlashgan tarzda Saudiya Arabistonida o’tkaziladigan ushbu o’yinda olmaliqliklarga BAAning «SHabab Al Ahli» jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv soat 23:55 da boshlanadi va «UzReport» telekanali orqali jonli efirda translyaciya qilinadi. 

AGMK Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi «SHabab Al Ahli»ga qarshi o’yinga ko’tarinki ruhda tayyorgarlik olib bordi.

Kecha mahalliy vaqt bilan soat 21:00da mashg’ulot o’tkazgan jamoa taktik va texnik taraflama ishladi. SHuningdek, o’tgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgan hujumchi Zafar Polvonov bugungi mashg’ulotda qatnashdi.

«SHabab Al Ahli»ga qarshi kechgan birinchi davra doirasidagi o’yinda AGMK ajoyib kambekni amalga oshirib, Jokich va Komilovning gollari evaziga OCHL guruh bosqichidagi ilk g’alabani tantana qilgandi.

OFK bo’lajak uchrashuv rasmiylarini elon qildi. Unga ko’ra, «SHabab Al Ahli»ga qarshi kechadigan ikkinchi bellashuvni eski tanish hakam iroqlik Sabah Al-Qaysi boshqaradi. Eslatib o’tamiz, mazkur hakam AGMKning pley-off bosqichidagi «Al Garafa»ga qarshi o’yinida ham ishlagandi. Sabah Al-Qaysi uchun bo’lajak bahs AGMK ishtrokidagi ikkinchi o’yinga aylanadi.

OCHL-2021 guruh bosqichi.
«A» guruhi, 4-tur.
24 aprel, shanba.
«SHabab Al Ahli» – AGMK (23:55)
Ar-Riyod, «Qirol Fahd» stadioni.
Hakamlar:
 Sabah Al-Qaysi (Iroq), Hayder Ali Ubaydee (Iroq), Amir Davud Alvindavi (Iroq), Ali SHaban (Kuvayt).

O’xshash yangiliklar

5 2 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
1 Комментарий
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
oleg
oleg
11 days ago

отличная была игра.смотрел с большим интересом.