OCHL-2021. Masharipov dastlabki 2 turni o’tkazib yuboradi

OCHL-2021. Masharipov dastlabki 2 turni o'tkazib yuboradi

Xabaringiz bor, bugun Osiyo CHempionlar Ligasi yangi mavsumi start oladi.

“A” guruhidan joy olgan BAAning “SHabab Al Ahli” jamoasi ilk tur uchrashuvini ertaga “Istiqlol” (Tojikiston)ga qarshi o’tkazadi.

Avvalroq, Jaloliddin Masharipov musobaqada qatnashish uchun jamoasi bilan Ar-Riyodga etib kelgani haqida xabar bergandik. Biroq, Masharipov diskvalifikaciyasi tufayli ertangi va 2-turdan o’rin olgan “Al Hilol” (S.Arabistoni)ga qarshi uchrashuvda ham “SHabab Al Ahli”ga yordam berolmaydi.

U OCHL o’tgan mavsum chorak finali doirasida o’tgan “Persepolis” – “Paxtakor” (2:0) bahsida eronlik futbolchiga qarshi qo’pol harakat qilgani uchun qizil kartochka olgandi. 

SHunday qilib, 27 yoshli vinger 21 aprelga belgilangan 3-tur doirasidagi AGMKga bilan o’yinda maydonga qaytishi mumkin.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
3 комментариев
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Lola
Lola
3 months ago

WOW. Juda yahshi xabar 😉

foxs
foxs
3 months ago

С нетерпением ждём возвращения лидера!

linap5
linap5
3 months ago

отличная новость, будем ждать