OCHL-2021. «Paxtakor» bugun BAAga yo’l oladi

«Paxtakor» CHempionlar Ligasi guruh o’yinlarini o’tkazish uchun shanba kuni BAAning SHarja amirligiga jo’nab ketadi.

«Paxtakor»ning tush vaqtidan so’ng SHarjaga parvoz qilishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy Piter Xyuistra 24 nafar futbolchini safar ro’yxatiga kiritdi. Quyida BAAga yo’l oladiganlar ro’yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar – Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov
Himoyachilar – SHerzod Azamov, Hojiakbar Alijonov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Marlen CHobanov, SHahzod Azmiddinov, Ibrohimhalil Yo’ldoshev, Farruh Sayfiev.
Yarim himoyachilar – Sardor Sobirxo’jaev, Abror Ismoilov, SHarof Muhiddinov, Sardor Rashidov, Aziz Turg’unboev, Dragan CHeran, Humoyunmirzo Iminov, Diyor Xolmatov, SHerzod Temirov, Abbos Fayzullaev, Hojimat Erkinov.
Hujumchilar – Eren Derdiyok, Po’latxo’ja Xoldorxonov.

«V» guruhi bellashuvlari BAAning SHarja amirligida joylashgan «SHarja» stadionida o’tkaziladi. Guruh o’yinlari 14-29 aprel kunlari bo’lib o’tadi. «Paxtakor»ning to’rt bellashuvi Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. «SHarja» bilan bahslar esa Toshkent vaqti bilan 23:00da start olishi belgilangan.

14 aprel, 20:00
«Paxtakor» – «Traktor»

17 aprel, 20:00
«Eyr Fors» – «Paxtakor»

20 aprel, 23:00
«SHarja» – «Paxtakor»

23 aprel, 23:00
«Paxtakor» – «SHarja»

26 aprel, 20:00
«Paxtakor» – «Eyr Fors»

29 aprel, 20:00
«Traktor» – «Paxtakor»

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments