Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi

Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi

34 yoshli futbolchi faoliyatini tugatishga qaror qildi.

Bugun o‘zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, O‘zbekiston milliy terma jamoasida uzoq yillar to‘p surgan Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda AFU matbuot xizmati xabar berdi.
Odil Ahmedov 2007 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynab kelmoqda. Ikkita Osiyo kubogi final turnirida ishtirok etgan. 2015 yilning sentabridan 2021 yilning iyuniga qadar terma jamoa sardori bo’lgan.
Eslatib o’tamiz, Odil Ahmedov Rossiya chempionatida «Anji» (2011-2014) va «Krasnodar» (2014-2016) klublarida to’p surgan. 2017 yildan buyon Xitoyning “Shanxay SIPG”, “Tyantszin Teda” va “Kanchjou Mighty Lions” jamoalarida o‘ynagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments