O’zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Rossiya klubidan taklif tushdi

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Rossiya klubidan taklif tushdi

Rossiya klubi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi va “Tobol” hujumchisi Igor Sergeev xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Metaratings.ru xabariga ko’ra, «Ximki» o’z safiga 28 yoshli futbolchi bilan qo’shilishni istamoqda. Sergeevning transferi 1,7 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o’tamiz, Rossiya chempionatining birinchi turini “Ximki” 14 ochko bilan so’nggi o’rinda yakunladi. O’tgan mavsumda Igor Qozog’iston chempionatida 25 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchilarga Samvel Babayan boshchiligidagi “Navbahor” va sobiq klubi “Paxtakor” ham qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq yozgan edik.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments