O’zbekiston terma jamoasi Portugaliya bilan o’ynaydi

O'zbekiston terma jamoasi Portugaliya bilan o'ynaydi

Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyida Portugaliya bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz sentyabr oyida Litvada o’tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida 27 avgust kuni Portugaliya bilan kuch sinashishadi.

Eslatib o’tamiz, Litvadagi Jahon chempionati 12 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar bo’lib o’tadi. O’zbekiston terma jamoasi Rossiya, Gvatemala va Misr bilan birga «B» guruhida ishtirok etadi. Portugaliya esa Tailand, Marokash va Solomon orllari bilan «C» guruhidan joy olgan.

Malumot uchun, Portugaliya terma jamoasi 2016 yilgi Jahon chempionatida yarim finalga qadar etib borgan va uchinchi o’rin uchun bahsda Eronga penaltilar seriyasiga yutqazib qo’ygandi. O’sha mundialda O’zbekiston Portugaliya bilan guruh bosqichida to’qnash kelgan va 1:5 hisobida mag’lub bo’lgan edi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments