O‘zbekistonlik murabbiyga xorij klublari qiziqish bildirmoqda

O‘zbekistonlik murabbiyga xorij klublari qiziqish bildirmoqda

Hamyurtimiz yangi mavsumni legioner murabbiyi sifatida boshlashi mumkin.

43 yoshli o‘zbekistonlik mutaxassis Ulug‘bek Baqoyev faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkinligi haqida Kazfootball.kz xabar bermoqda. “So’g’diyona” ustozi katta ehtimol bilan Qozog’iston klublaridan birining boshqaruviga o’tadi.

O‘tgan mavsumda Ulug‘bek Bakayev Jizzax jamoasi tarkibida Superligada kumush medallarni qo‘lga kiritgandi. “So’g’diyona” O’zbekiston Superligasi vice-chempioniga aylandi.

Baqoev chet el klublari, jumladan, Qozog’iston klublarining ham e’tiborini tortdi. Mutaxassis o’zining kelajagi haqida allaqachon o’ylab ko’rgan.

Ulug‘bek Baqoyev Qozog‘istonning “Tobol”, “Jetisu” va “Irtish” klublarida to‘p surgan. “Tobol”da vakilimiz 2010 yilgi Qozog‘iston chempioni, shuningdek, mamlakat kubogi va Intertoto kubogi sohibi bo‘lgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments