«Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi Superkubok bahsini qaysi hakam boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Bilasiz, 6 mart kuni O‘zbekiston Superkubogi-2021 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.  Amaldagi chempion “Paxtakor” va vitse-chempion “Nasaf” klublari o‘rtasidagi qiziqarli bellashuvga Samarqand shahridagi “Dinamo” stadioni mezbonlik qiladi. 

Mazkur bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov, komissar Jahongir Rahmatullaev.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin soat 16:00da start oladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments