Shartnoma bo’yicha pul to’lashni talab qilgan «Surxon» FKning sobiq futbolchilari kaltaklandi

Shartnoma bo'yicha pul to'lashni talab qilgan "Surxon" FKning sobiq futbolchilari kaltaklandi

Termizning «Surxon» futbol klubining sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xo’jayev futbol jamoasi rahbariyati tomonidan kaltaklanganini e’lon qilishdi. Futbolchilardan birining rafiqasi voqea tafsilotlarini aytib berdi. Bu voqea yuzasidan klub matbuot xizmatida ham bayonot berildi.

Internetda 17 -sentabr kuni «Surxon» FK ma’muriy binosida sodir bo’lgan voqeaning ba’zi tafsilotlarini aytib bergan futbolchilardan birining rafiqasi Rushana Mirsodiqovaning murojaati tarqaldi.
Bayonotda qayd etilishicha, klubning sobiq futbolchilari va jamoa rahbariyati o’rtasidagi ziddiyat Termiz jamoasining sobiq futbolchilariga va’da qilingan pulni to’lamaslik tufayli yuzaga kelgan.

Internetda ham Javohir Esonqulov huquq -tartibot organlari vakiliga voqea haqida aytib bergan video tarqatildi.
Javohirning so’zlariga ko’ra, uni kaltaklashda to’rt kishi qatnashgan: klub murabbiyi Avaz Ismatov, jamoa sardori Asror G’ofurov, klub bosh direktorining o’g’li, shuningdek Esonqulovni ushlab turgan Majid ismli murabbiy.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments