Superliga 21 tur. «Qizilqum» – «Turon»

Superliga 21 tur. "Qizilqum" - "Turon"

Bugun bo’lib o’tadigan ikkita o’yin bilan Superliganing 21-tur bahslariga yakun yasaladi.

Navoiyda «Qizilqum» Superliga debyutanti «Turon»ga qarshi bahs olib boradi. «Qizilqum» 28 ochko bilan 8-o’rinda borayotgan bo’lsa, «Turon» shu paytgacha 12 ochko to’plagan va musobaqa jadvalining oxirgi o’rnini egallab turibdi.

Ikkinchi davra boshlanganidan beri hali g’alaba qozonmagan jamoa bormi? Bor. Bu – «Qizilqum». Tarkibga nazar solsangiz, juda kuchli futbolchilar yig’ilgan. SHunga qaramay, Hamidjon Aktamov boshqaruvidagi jamoa ikkinchi davra start olganidan beri 5ta durang va ikki mag’lubiyat qayd etdi.

SHuning uchun bo’lsa kerak, Hamidjon Aktamov har o’yindan keyingi intervyusida «Bizga bitta g’alaba kerak» degan gapni takrorlayapti. Bugun «Qizilqum» o’z maydonida, bo’lib ham kuchsiz jamoaga qarshi to’p tepishini inobatga olsak, balki ikkinchi davradagi ilk g’alaba bo’lar.

«Turon» ikkinchi davrani safarda «Qo’qon-1912″ga qarshi durang bilan boshladi va o’z maydonida «So’g’diyona»ni 1:0 hisobida mag’lub etdi. Biroq shundan so’ng yaypanliklar beshta o’yinda maydonga tushib, hammasida mag’lubiyatga uchrashdi. Lekin «Turon» bu o’yinlarda «Lokomotiv», «Nasaf», AGMK, «Navbahor» va «Paxtakor» kabi kuchli jamoalarga qarshi o’ynaganini unutmaslik lozim.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments