Tezkor xabar! FIFA “Nasaf”ning transferlarini taqiqladi

Tezkor xabar! FIFA “Nasaf”ning transferlarini taqiqladi

7 oktabr kuni FIFA Nizolarni hal qilish palatasi “Nasaf” futbol klubi va fransiyalik futbolchi Abdel Dyakite o‘rtasidagi mojaro yuzasidan qaror qabul qildi. Qayd etilishicha, “Nasaf” futbolchi bilan shartnoma shartlarini bajarmagan. Shu bois futbolchi FIFAga murojaat qildi. Va natijada FIFA “Nasaf” futbol klubi jamoa oldiga qo‘yilgan qarz va jarimalarni 45 kun ichida to‘lashi shart degan qarorga keldi.

Bugun, 2021-yil 9-dekabr kuni FIFA 45 kunlik muddat tugashini hisobga olib, “Nasaf”ga transferlarni amalga oshirishni taqiqladi. Endi klub qishki transferlar vaqtida o’z safini yangi futbolchilar bilan to’ldirish uchun bu masalani hal qilishi kerak bo’ladi. Agar klub bu majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmasa, klubga milliy va xalqaro sanksiyalar qo‘llaniladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments