Usmon Toshev: «Xorazmda hech qachon oddiy o’yinlar bo’lmagan»

Usmon Toshev: "Xorazmda hech qachon oddiy o'yinlar bo'lmagan"

Pro liganing navbatdagi turidan o’rin olgan «Xorazm» – «Buxoro» (1:1) uchrashuvidan so’ng mehmonlar bosh murabbiyi Usmon Toshev fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

«Uch ochko ishlashga harakat qildik. O’yin hali ko’p ishlashimiz kerakligini ko’rsatmoqda. Etirozlar deyarli yo’q. Xatolar ustida ishlaymiz. Yigitlar yomon o’ynashmadi. Jamoaviy o’yinni yaxshi yo’lga qo’yish uchun mahorat etishmayapti. Oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo’yilgan. Futbolchilar, sharoitlarimiz yomon emas. Hakimxon Alamxonov so’nggi o’yinlarda o’zini ko’rsatmoqda. Marko Milich kasallikdan so’ng endi tiklanmoqda

Tojikistonni «Buxoro»ga almashtirmadim. SHunchaki shartnomam tugagandi. SHu bois uyga qaytdim. Rahbariyat bilan o’zaro kelishib oldik. Ularning ham niyati bor edi. Klub ancha ortga ketdi. Biz tiklashimiz kerak. SHu bois ularning taklifiga yo’q, deya olmadim. O’zim mazkur klubda o’ynaganman. O’z vaqtida ancha ishlarni amalga oshirgandik. «Xorazm» haqida gapirishga ko’proq bosh murabbiyi haqli. Nafaqat bu jamoadan, balki har bir raqiblan etarlicha qarshilik kutamiz. Xorazmga oldin ham kelganmiz. Hech qachon oddiy o’yinlar bo’lmagan. Yaxshi futbolchilar va murabbiylar etishib chiqqan.
Jamoalarni kuchli yoki kuchsizga ajrata olmayman. Hamma raqib bir hil»,-

deydi Usmon Toshev.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments