Yevropa Ligasi 1/16 finalida rekord darajada ko‘p gol urildi

Yevropa Ligasining 2020/21-yilgi mavsumida 1/16 final bosqich o‘yinlari 18 va 25-fevral kunlar bo‘lib o‘tdi.

1/16 final doirasidagi 32 ta o‘yinda jami 102 ta gol urildi. Bu har bir o‘yinda o‘rtacha 3,19 gol degani.

102 ta gol mazkur bosqich uchun rekord natija hisoblanadi. Avvalgi rekord 2019/20-yilgi mavsumda kuzatilib, unda 95 ta gol urilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ligasining 1/8 final o‘yinlariga 26-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da qur’a tashlanadi. Nimchorak finalning dastlabki o‘yinlari 11-mart kuni o‘tkazilsa, javob bahslari 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments