Jahon chempionatida ishtirok etuvchi og’ir atletikachilarimiz bilan tanishing

Jahon chempionatida ishtirok etuvchi og'ir atletikachilarimiz bilan tanishing

23-31 may kunlari poytaxtimiz og’ir atletika bo’yicha yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan yosh yulduzlar ishtirok etishadi.

Terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimiz nomini elon qildi. Unga ko’ra, 14 nafar sportchimiz mazkur dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida o’smirlar Olimpiadasi sovrindorlari Muhammadqodir Toshtemirov, Kumushxon Fayzullaeva, shuningdek, Tursunoy Jabborova, Nigora Abdullaeva, Hakimjon SHamsiddinov kabi iqtidorli yoshlarni ham uchratish mumkin. To’liq tarkib esa quyidagicha:

Yigitlar:

-55 kg: Husinboy Matrasulov

-61 kg: Og’abek Nafasov

-81 kg: Hakimjon SHamsiddinov

-81 kg: Hojiakbar Olimov

-89 kg: Muhammadqodir Toshtemirov

-89 kg: Valijon SHaripov

-96 kg: Qurbonmurod Namozov

-102 kg: Mirhosil Mirzaboev

Qizlar:

-55 kg: Nigora Abdullaeva

-59 kg: Mashhura Rustamova

-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva

-71 kg: Nigora Suvonova

-71 kg: Madinabonu Jo’raeva

-76 kg: Tursunoy Jabborova

Eslatib o’tamiz, ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiadasi reytingi uchun ham qimmatli ochkolarni taqdim etadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments