Og’ir atletika. O’zbekiston kubogi bahslari qizg’in pallasida

Og'ir atletika. O'zbekiston kubogi bahslari qizg'in pallasida

Musobaqaning navbatdagi kunida supachaga dastlab 64 va 71 kg vazn toifasi vakilalari hamda 81 kggacha bo’lgan erkaklar ko’tarilishdi.

Madinabonu Jo’raeva ishonchni oqladi

-64 kg sportchilarda Farg’ona viloyati vakilasiga teng keladigan raqib topilmadi. O’zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi bo’lgan Madinabonu Jo’raeva dast ko’tarish mashqida 80 kgni ishonch bilan jilovladi, uchinchi urinishda esa 83 kg tosh unga bo’ysunmadi.

Madinabonuga xorazmlik Abdullaeva SHaxloxon qarshilik ko’rsatishga urindi. U dast ko’tarish mashqida ikkinchi urinishida 78 kgni ko’tara olmagan bo’lsada, keyingi chiqishda 79 kg toshni bo’ysundira oldi va mashqni ikkinchi o’rinda yakunladi.

Kuchli uchlikni 72 kg natija bilan Toshkent viloyatidan Velidova Elina yakunlab berdi.

Siltab ko’tarish mashqida ham Madinabonu raqibalaridan bir bosh ustunligini isbotlay oldi. Birinchi urinishdayoq 96 kg natija ko’rsatib, etakchiga aylangan Jo’raeva raqibalari barcha imkoniyatdan foydalanib bo’lgani hamda hech bir raqib o’zidan o’tib keta olmasligi aniq bo’lgach, keyingi urinishlarga chiqmaslikka qaror qildi.

Ikki kurashda ikkinchi o’rin siltab ko’tarish mashqida Elina Velidovani (1 kg farq) oldinga o’tkazib yuborgan bo’lsada, Abdullaeva SHaxloxonga nasib etdi.

Toshkent viloyati vakilasi Velidova esa ikki kurashda 165 kg natija bilan uchinchi o’rinni band etdi.

Ayollar, 64 kg

  1. Madinabonu Jo’raeva (Farg’ona) – 176 (80+96) kg;
  2. Abdullaeva SHaxloxon (Xorazm) – 171 (79+92) kg;
  3. Velidova Elina (Toshkent viloyati) – 165 (72+93) kg.

Buxorolik Barchinoyga teng keladigan raqib topilmadi

Ayollar o’rtasida -71 kg vazn toifasi ishtirokchilari o’rtasidagi kurashda buxorolik Eshqulova Barchinoyga munosib qarshilik ko’rsata oladigan raqib topilmadi.

Barchinoy birinchi urinishdayoq 83 kgni dast ko’tarib, birinchi o’rinni naqd qilib qo’ydi. Keyingi urinishlarda 87 kg tosh unga bo’ysunmadi. SHunday bo’lsada, eng yaqin taqibchi bilan oradagi farq 19 kgni tashkil etganini alohida takidlash lozim.

Ikkinchi o’rin sirdaryolik Axadova Mavludaxonga nasib etdi. 64 kg natija qayd etgan sportchi barcha uch urinishini muvaffaqiyatli bajargan yagona sportchiga aylandi.

Uchinchi o’rin esa Namangan vakilasi Tursunboeva Xusnidaga nasib qildi. Vaznidagilar ichida eng yosh bo’lgan (2006 yil) sportchi qizimiz 60 kg toshni o’ziga bo’ysundira oldi.

Takidlash lozim, g’oliblik uchun Eshqulova Barchinoy bilan raqobat qilish kutilgan Dadamirzaeva Gulshoda 80 kg toshni uch urinishda ham o’ziga bo’ysundira olmadi va kurashdan chiqib ketdi.

Siltab ko’tarish mashqida ham Barchinoy tengsiz bo’ldi. Har uch urinishini muvafaqiyatli bajargan sportchimiz 112 kg natija qayd etdi.

Dast ko’tarishda omadsizlikka uchragan Dadamirzaeva 100 kg bilan ikkinchi bo’lgan bo’lsa, uchinchi o’rin navoiylik Sadullaeva SHaxrizodaga nasib qildi.

Ikki kurash natijasiga ko’ra kuchli uchlik quyidagicha ko’rinish oldi:

Ayollar, 71 kg.

  1. Eshqulova Barchinoy (Buxoro) – 195 (83+112);
  2. Axadova Mavludaxon (Sirdaryo) – 141 (64+77) kg;
  3. Sadullaeva SHaxrizoda (Navoiy) – 139 (58+81) kg.

Oltin va kumush Namanganga nasib qildi

Erkaklar o’rtasida -81 kg vazn toifasida kutilganidek, Muhammadqodir Toshtemirov yaqqol ustunlikka ega bo’ldi.

O’zbekiston terma jamoasi azosi, yoshlar o’rtasidagi jahon chempioni dast ko’tarish mashqida 165 kg, siltab ko’tarishda 196 kgni o’ziga bo’ysundirdi va ikki kurashda 361 kg ko’rsatkich bilan eng yaqin taqibchisini 90 kgga ortda qoldirdi.

Ikkinchi o’rin yana bir namanganlik sportchi Do’lanov Abbosga nasib qildi. U dast ko’tarish mashqida 131 kg tosh ko’targan bo’lsa, siltab ko’tarishda 160 kg bilan cheklandi. Oxirgi urinishda 165 kgga kuchi etmagan bo’lsada, Do’lanov ikkinchilikni boshqalarga berib qo’ymadi.

Uchinchi o’rin Samarqand atleti Mardiev Bektemirga nasib qildi. Dast ko’tarish mashqida 128, siltab ko’tarish mashqida 162 kg shtangani bo’ysundira olgan Bektemir kumush medal uchun kurashda raqibidan bor yo’g’i 1 kgga ortda qolib ketdi.

Erkaklar, -81 kg

  1. Toshtemirov Muhammadqodir (Namangan) – 361 (165+196) kg;
  2. Do’lanov Abbos (Namangan) – 391 (131+160) kg;
  3. Mardiev Bektemir (Samarqand) – 390 (128+162) kg.

P.S: Kunning ikkinchi yarmida yana ikki guruh bahslari bo’lib o’tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments