Og’ir atletikachilarimiz Olimpiada oldidan so’nggi yig’inga jo’nab ketishdi

Og'ir atletikachilarimiz Olimpiada oldidan so'nggi yig'inga jo'nab ketishdi

Bugun tunda og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan so’nggi o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazish uchun Ukrainaning Kamenec-Podolskiy shahriga yo’l oldi.

Mazkur yig’in roppa-rosa 1 oyga mo’ljallangan bo’lib, 20 iyul kuni Tokio-2020 licenziatlari Adhamjon Ergashev, Akbar Jo’raev, Muattar Nabieva hamda Kumushxon Fayzullaeva murabbiylarimiz bilan Tokio shahriga yo’l olishadi. Qolgan vakillarimiz esa yana 1 haftalik mashg’ulotlardan so’ng 29 iyul kuni Toshkentga qaytib kelishadi.

Atletlarimiz Ukrainaga quyidagi tarkibda qo’l oldi:

Sportchilar:

Adhamjon Ergashev
Akbar Jo’raev
Sarvar Zafarjonov
Muhammadqodir Toshtemirov
Ruslan Nurudinov
Muattar Nabieva
Kumushxon Fayzullaeva
Tursunoy Jabborova

Murabbiylar:

Bahrom Mendiboev
Erjas Boltaev

Massajchi:

Obiddin Muslimov

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments