Bektemir Meliqo’zievning jangi muddatidan oldin kutilmagan natija bilan yakunlandi

Bektemir Meliqo'ziev mag'lub bo'ldimi?

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo’ziev AQSHda faoliyatidagi navbatdagi jangini o’tkazdi.

Ushbu bahsda hamyurtimiz amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko’tarildi.

12 raundga mo’ljallangan jang 3-raundda yakuniga etdi. Rosado raund o’rtasida o’ng qo’lidagi kuchli zarbasi bilan Bektemirni ringga qulatdi. Afsuski, ushbu vaziyatda referi jangni to’xtatdi va Rosadoning g’alabasini qayd etdi.

Qayd etish lozimki, 1-raundda Bektemir raqibini nokdaun holatiga tushirishga ham ulgurgandi. Umuman, nokautgacha Bektemir jangni o’z foydasiga hal qilayotgandi. Birgina omadsiz zarba hamyurtimizga qimmatga tushdi.

Shu tariqa, Bektemir prof boksdagi ilk mag’lubiyatini qabul qilib oldi.

Navbatdagi janglarda Meliqo’zievga omad tilab qolamiz.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments