Habib Nurmagomedov: «Qozonda o’zimning sport zalimni ochishni rejalashtirmoqdaman»

Habib Nurmagomedov: "Qozonda o'zimning sport zalimni ochishni rejalashtirmoqdaman"

Rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov o’zining Instagram sahifasida Eagle FC 36 turnirini Qozon shahrida o’tkazgani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi. Sportchi Tataristonda o’z sport zalini ochish rejalari haqida ham gapirib berdi.

Qozonda bizning Eagle FC 36 turnirini tashkil qilgani va o’tkazgani uchun Tatneft Arenaga katta rahmat. Shuningdek, ushbu sayohat doirasida men Almetievsk shahrida bo’ldim, u erda yosh sportchilar bilan uchrashdim va suhbatlashdim hamda ushbu shaharning sport majmualarini ko’zdan kechirdim. Ishoning, biz Tataristonga bir necha marotaba turnirlar bilan qaytamiz, shuningdek Qozonda o’zimning sport zalimni ochishni rejalashtirmoqdaman. Yaqinda ko’rishguncha do’stlar, –

deb yozdi Nurmagomedov.

Eslatib o’tamiz, Nurmagomedov engil vazn toifasida mag’lubiyatsiz UFC chempioni sifatida faoliyatini yakunladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments