Hamzat Chimaev Usmonga: «Izingdan ketyapman, aka»

UFC jangchisi Hamzat Chimaev Kamara Usmonni yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik unvonini himoya qilgani bilan tabrikladi

UFC jangchisi Hamzat Chimaev Kamara Usmonni yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik unvonini himoya qilgani bilan tabrikladi. Kolbi Kovington bilan bo’lib o’tgan chempionlik jangi natijasida hakamlar bir ovozdan g’alabani Usmonga berishdi.

Tabriklayman, ishingga omad, aka. Ortingdan kelaman, aka, kelaman,

— deb yozdi Chimaev Twitter’da.

30-oktabr kuni UFC 267 turniri doirasidagi so‘nggi jangida Chimaev birinchi raunddayoq xitoylik Li Jinliangni mag‘lub etgandi.

Bu g‘alabadan keyin Hamzat UFC yarim o‘rta vazn toifasida 10-o‘rinni egallab turibdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments