Islam Maxachev – Beneil Dariush jangi tasdiqlandi

Islam Maxachev - Beneil Dariush jangi tasdiqlandi

Rossiyalik taniqli UFC jangchisi Islam Maxachev navbatdagi jangini 2022 yilning 27 fevral kuni o’tkazadigan bo’ldi.
Xabib Nurmagomedovga izdosh sifatida qaralayotgan Maxachevning raqibi UFC yengil vazn toifasi reytingida uchinchi o’rinni egallab turgan Beneil Dariush bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, Maxachev so’nggi jangida Den Xukerni birinchi raundda mag’lubiyatga uchratgan edi. Bu Maxachev uchun MMAdagi 22-jangidagi 21-g’alabasi bo’lgandi. Den Xuker esa 32-jangidagi 11-mag’lubiyatini qabul qilib olgandi.

Rossiyalik sportchi chempionlik jangi uchun davogarlik qilmoqda. Uning g’alabali seriyasi 9 ta jangdan iborat. Islam faoliyatidagi yagona mag’lubiyatni 2015 yilda qabul qilib olgan. Dariush esa so’nggi jangida shu yilning may oyida Toni Fergyusondan ustun kelgan edi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments