Las-Vegasda o’tadigan UFC 270 turnirining markaziy jangi ma’lum

Las-Vegasda o'tadigan UFC 270 turnirining markaziy jangi ma'lum

UFC matbuot xizmati tomonidan 22 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o’tkaziladigan UFC 270 turnirining markaziy jangi malum qilindi.

Og’ir vaznda amaldagi UFC chempioni bo’lib turgan Frensis Ngannu ushbu vaznda vaqtinchalik kamar sohibi Siril Ganga qarshi oktagonga ko’tariladi. Bu ikki yakkakurash ustasi bitta klubda o’z mashg’ulotlarini o’tkazishgan va hatto sparring-hamkor ham bo’lishgan.

Malumot uchun, Frensis Ngannu so’nggi jangini shu yilning mart oyida Stipe Miochichga qarshi o’tkazib, raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. Bu bilan u Stipega tegishli chempionlik kamarini tortib olgandi. Siril Gan esa avgust oyida Derrik Lyuisni uchinchi raundda texnik nokaut evaziga engib, vaqtinchalik kamar sohibiga aylangandi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments