Neyt Dias – Dastin Porye jangining yangi muddati ma’lum

Neyt Dias - Dastin Porye jangining yangi muddati ma'lum

UFC rahbariyati Neyt Dias va Dastin Porye o’rtasida jang o’tkazish g’oyasidan voz kechgani yo’q.

Bu haqda tashkilotga yaqin manbalar xabar bermoqda.

«UFC Neyt Diasni mart oyida jang qilishga ko’ndiradi. Uning shartnoma muddati uzaytirilishi aynan shu jangga rozilik berishi bilan bog’liq. Dastin Porye allaqachon bu jang uchun tayyor ekanini ma’lum qilgan. Hamma gap Diasning o’zida qolyapti»,

– deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, o’tgan hafta Dastin Porye qisqa muddat bo’lishiga qaramay, Neyt Dias bilan jang taklifini qabul qilgandi. Lekin UFC bilan bitta jang uchun shartnomasi qolgan Dias fikrini o’zgartirgan edi.

Ma’lumot uchun, 5 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida UFC 272 turniri bo’lib o’tadi. Katta ehtimol bilan Neyt Dias – Dastin Porye jangi ushbu UFC oqshomida o’tkaziladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments