Nursulton Ro’ziboev Moskvada navbatdagi jangini o’tkazdi

Nursulton Ro'ziboev Moskvada navbatdagi jangini o'tkazdi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida MMA bo’yicha Open FC 10 turniri tashkil etildi.

Unda o’zbekistonlik MMAchi Nursulton Ro’ziboev ham oktagonga ko’tarildi.

Ushbu jangda hamyurtimizga braziliyalik Aleks De Paula raqiblik qildi. Uch raundga mo’ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Hamyurtimiz birinchi raundda ketma-ket zarbalar evaziga hujumga o’tdi. Raqib esa ushbu vaziyatda himoyalana olmadi. SHundan so’ng hakam jangni to’xtatdi.

SHu tariqa, Nursulton birinchi raundda g’alabaga erishdi.

Mazkur g’alaba orqali Nursulton Open FC promoushenining o’rta vazndagi chempionlik kamariga ega chiqdi.

Avvalroq ushbu turnir doirasida Mashrabjon Ro’ziboev g’alabaga erishgani, Rahmatilla Sattarov esa mag’lubiyatga uchragani haqida xabar qilgandik.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments