Usikning Joshua bilan jang uchun to’lovi ma’lum bo’ldi

Usikning Joshua bilan jang uchun to'lovi ma'lum bo'ldi

26 sentyabr kuni Londonda boks oqshomi o’tkazilishi rejalashtirilgan, uning asosiy jangida ukrainalik Aleksandr Usik WBA, WBO, IBF va IBO yo’nalishlari chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang o’tkazadi.

Total Sportal xabariga ko’ra, Usik jang uchun 3 million funt olishi kafolatlangan. Agar pullik eshittirishlar soni 450 ming obunadan oshsa, bu miqdor besh millionga ko’tarilishi mumkin.

Bo’lajak jang «Tottenxem» futbol klubi stadionida bo’lib o’tadi.

34 yoshli Usik 18 ta jangda 18 ta g’alaba (shundan 13 tasini nokaut bilan) qo’lga kiritgan. 31 yoshli Joshua 24 ta jangda (22 tasida nokaut bilan) g’alaba qozongan va bir marta mag’lub bo’lgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments