Xabib Nurmagomedov Jastin Getjini jim bo’lishga taklif qildi

Xabib Nurmagomedov Jastin Getjini jim bo'lishga taklif qildi

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjining chempionlik uchun zarba berish istagi haqida gapirgan so’zlariga munosabat bildirdi.

Jastin, oxirgi sakkizta jangda uch marta nokautga uchragansan. Senda chempion bo’lish imkoniyati bor edi, lekin uxlab qolding. Islom (Maxachev) to‘qqiz g‘alabaga ega, ulardan uchtasi 2021-yilda, barchasi erta. Og‘zingni yum va tan ol, Islom titul uchun kurashga loyiq, sen esa yo‘q,

deb yozdi Nurmagomedov Twitter’da.

Noyabr oyi boshida Geti UFC 268 musobaqasida hamyurti Maykl Chandlerni bir ovozdan qaror bilan mag‘lub etdi. Maxachevga kelsak, rossiyalik oktyabr oyi oxirida UFC 267 turnirida yangi zelandiyalik Den Xukerni mag’lub etdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments