«Yuventus» muxlislari Ronaldoni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi

"Yuventus" muxlislari Ronaldoni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi

«Yuventus» matbuot xizmati mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun muxlislar o’rtasida o’tkazilgan ovoz berish natijalarini e’lon qildi.

Turin klubining aksariyat muxlislari hujumchi Krishtianu Ronaldoni tanladilar.

2020/21 yilgi mavsumda 36 yoshli portugaliyalik 44 uchrashuvda maydonga tushib, 36 gol urgan va 4 golga uzatma bergan. U 29 ta gol bilan birinchi marta A Seriyaning eng yaxshi to’purariga aylandi.

Yarim himoyachi Xuan Kuadrado may oyida «Yuventus» da eng yaxshi o’yinchiga aylandi. Shu oyda u 5 ta uchrashuv o’tkazdi va 2 ta gol urdi.

Mavsum yakuniga etganida «Yuventus» Italiya chempionati jadvalida 4-o’rinni egalladi va Chempionlar Ligasiga yo’l oldi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments