Bahor fasli voleybol musobaqalari bilan boshlanadi

Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasi voleybol bo’yicha ayollar jamoalari o’rtasida XXVIII O’zbekiston chempionatining 1-tur o’yinlariga mezbonlik qiladi.

Bugun Andijon shahrida voleybol bo’yicha oliy liga ayollar jamoalari o’rtasida XXVIII O’zbekiston chempionatining 1-tur o’yinlariga start beriladi. Musobaqa Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasida o’tkaziladi.

Joriy yilgi O’zbekiston chempionati bahslarida ham odatdagi jamoalar, yani amaldagi chempion O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF, Nukus davlat pedagogika instituti, «To’maris» (Namangan), «Andijon», «Ishonch» (Farg’ona) kabi o’ndan ortiq jamoa qatnashishi kutilmoqda. Bu boradagi yakuniy savollarga ertaga bo’ladigan mandat komissiyasi orqali javob olinadi.

Bahorning ilk shodiyonasi bo’lmish 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramining ertasiga Navoiy shahrida erkaklar jamoalari o’rtasida XIX O’zbekiston chempionatining 1-tur bahslariga start beriladi. Navoiydagi musobaqalar Olimpiya zaxiralari kolleji sport inshootida o’tkaziladi. Darvoqe, erkaklar o’rtasidagi oliy liga bahslarida yangi jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Voleybol bo’yicha bu yilgi O’zbekiston chempionati musobaqalarda Milliy gvardiya hamda Mudofaa vazirligi ham o’z jamoalari bilan qatnashish istagini bildirishgan. Demak, bu yilgi musobaqalar har qachongidan shiddatli kechishini taxmin qilish qiyin emas.

O’xshash yangiliklar

5 1 vote
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments