Voleybol: O’zDJTSU qizlari O’zbekiston kubogini qo’lga kiritdi

Jizzax shahrida voleybol bo’yicha ayollar o’rtasida XXII O’zbekiston kubogi musobaqasi o’tkazildi.

Bu yilgi musobaqada 11ta jamoa ikki guruhga bo’lingan holda g’oliblik uchun bahslarga kirishgan edi.

Qizg’in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko’ra ikkita oliygoh talabalari o’z guruhlarida g’oliblikni qo’lga kiritishdi. “A” guruhida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasi barcha o’yinlarda 3-0 hisobida ishonchli g’alabaga erishgan bo’lsa, “B” guruhida Nukus davlat pedagogika instituti talabalari ham barcha o’yinlarni o’z foydasiga hal qilishdi. Faqat, ular kutilmaganda guruh autsayderlaridan biri “Ishonch” (Farg’ona) jamoasiga qarshi o’yinda ikkita partiyani boy berishdi, biroq yakunda baribir 3-2 hisobida g’alabani ilib ketishdi.

O’z guruhlarida 2-o’rinni qo’lga kiritgan “To’maris” (Namangan) hamda “Andijon” jamoalari o’rtasida 3-o’rin uchun kechgan bahsda namanganlik qizlar 25:20, 25:18 va 25:15 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi.

Final o’yinida ham yirik hisob qayd etildi: SKUF qizlari nukuslik dugonalarini 25:21, 25:13 va 25:17 hisoblarida ishonch bilan mag’lub etishdi.

Musobaqa yakunida g’oliblar medal, diplom va kubok bilan taqdirlanishdi.

Bugun Farg’ona shahrida erkaklar o’rtasida O’zbekiston kubogi musobaqalari ham o’z yakuniga etadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments