Voleybol bo’yicha ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionati yakunlandi

Voleybol bo'yicha ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlandi

Kutilganidek oltin medalni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi qo’lga kiritdi

Toshkentda o’tkazilgan voleybol bo’yicha ayollar jamoalari o’rtasida 4-tur o’yinlari bilan joriy yilgi mamlakat chempionati o’z yakuniga etdi. Unda O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

4-turda ular 6ta o’yindan 5tasini o’z foydalariga hal qildi, faqat Nukus davlat pedagogika institutining voleybolchi qizlari O’zDJTSU talabalaridan ustun kelishdi. Aynan ushbu g’alaba yakunda nukusliklarning kumush medalga sazovor bo’lishini ham taminlab berdi. Ular bronza medali sohibi bo’lgan “Andijon” jamoasidan 2 ochkoga uzib ketishdi. Kuchli uchlikni esa andijonlik voleybolchi qizlar yakunlab berishdi.

CHempionat yakunida 43 ochko jamg’argan “Namangan” jamoasi 4-o’rin bilan cheklangan bo’lsa, keyingi o’rinlarni mos ravishda “JDPI-Ziyokor” (Jizzax), “Xorazm” hamda Farg’ona davlat universiteti jamoalari band etishdi. Farg’onaliklar chempionat davomida bironta ham ochko jamg’ara olishmagani achinarli hol albatta.

Musobaqa tugagach, chempionat g’olib va sovrindorlari medal hamda tegishli diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Voleybol bo’yicha ayollar o’rtasida O’zbekiston XXVIII milliy chempionati.

Yakuniy holat

T/r Jamoalarning nomi Ochko

1 SKUF 66

2 NDPI (Nukus) 54

3 “Andijon” 52

4 “Namangan” 43

5 “JDPI-Ziyokor” (Jizzax) 19

6 “Xorazm” 18

7 FarDU (Farg’ona) 0

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments