Voleybol: Navoiyda o’smirlar va qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionati boshlandi

Navoiyda o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi

Bugun Navoiy shahridagi “So’g’diyona” sport majmuasida voleybol bo’yicha 2003-2004 yillarda tug’ilgan o’smirlar va qizlar o’rtasida mamlakat chempionatiga start berildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so’zga chiqqan kishilar so’nggi vaqtlarda mamlakatimizda voleybol sportini rivojlantirishga alohida barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jamoalar g’oliblik uchun bahslarga kirishdi. CHunonchi, o’smirlar o’rtasidagi musobaqada 13ta jamoa to’rt guruhga bo’lingan holda bahs olib borishmoqda.

2003-2004 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati

“A” guruhi: Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo,

“B” guruhi: Andijon, Sirdaryo, Xorazm,

“S” guruhi: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Namangan,

“D” guruhi: Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Toshkent vil.

Qizlar o’rtasidagi musobaqada esa 11ta jamoa bahslarga kirishdi. Navoiydagi musobaqaga ayrim sabablarga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi, Surxondaryo va Toshkent viloyati sportchilari etib kelishmadi.

2003-2004 yillarda tug’ilgan qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionati

“A” guruhi: Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent sh.,

“B” guruhi: Namangan, Jizzax, Buxoro,

“S” guruhi: Farg’ona, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo.

Musobaqa 24 mayga qadar davom etadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments