«Roma» yangi stadion qurish rejasidan nega voz kechdi?

«Roma» yangi stadion qurish niyatidan voz kechdi. Ushbu qarorga klubdagi moliyaviy holat tahlili ta’sir ko‘rsatdi. Chunki klub 2020 yilning so‘nggi olti oyida 74,8 million evro zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil fevral oyida Rim hokimiyati yangi «Stadio della Roma» arenasini qurish rejalarini ma’qullagan edi. Loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard evro miqdorida xususiy mablag‘larni jalb qilish rejalashtirilgan edi, ammo rejalarni qoldirishga to‘g‘ri keldi.

“Roma”ning yangi egasi hisoblangan Friedkin Group stadion qurish rejasi moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy vaziyatlar tufayli bekor qilinganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasi ham rejalarning barbod bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

O’xshash yangiliklar

5 1 vote
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments