Abu Dabida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a”: o‘zbekistonlik Hikmatullo To‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritdi

Abu Dabida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a”: o‘zbekistonlik Hikmatullo To‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritdi

Finalda O‘zbekiston vakili mo‘g‘ulistonlik Tsogbatar Tsend-Ochirga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Abu-Dabida dzyudo bo’yicha «Katta dubulg’a» turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi kuni bir kun avval yakunlandi. 73 kilogramm vazn toifasidagi final jangida o‘zbekistonlik sportchi Hikmatullo To‘rayev bahs olib bordi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Oltin medal sari yo‘lda To‘rayevga mo‘g‘ulistonlik Tsogbatar Tsend-Ochir raqiblik qildi. Ta’kidlanganidek, qiyin duelda omad mo’g’ulistonliklar tomonida bo’ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston vakili kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments