Aktau turnirida 8 ta medal qo’lga kiritildi

Qozog’istonning Aktau shahrida dzyudo bo’yicha Osiyo ochiq kubogi yakunlandi.

Asian Open Aktau turnirida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medalga ega chiqdi.

Xabar berganimizdek, hamyurtlarimizdan musobaqaning birinchi kuni Murodjon Yo’ldoshev (-73 kg) oltin medalni qo’lga kiritdi. Finalga qadar etib kelgan G’iyosjon Boboev (-81 kg) kumush medalga sazovor bo’ldi. Qolgan olti nafar dzyudochimiz esa Aktaudan bronza medali bilan qaytadi.

Aktauda shoxsupaga ko’tarilgan dzyudochilarimiz:

Oltin medal

-73 kg: Murodjon Yo’ldoshev

Kumush medal

-81 kg: G’iyosjon Boboev

Bronza medal

-48 kg: Gulnur Muratbaeva 

-57 kg: SHukurjon Aminova

-57 kg: Muxlisa Ganjaeva

-70 kg: Farangiz Xolmurodova

+78 kg: Rinata Ilmatova

-81 kg: Arslonbek Tojiev

SHu tariqa, terma jamoamiz Aktau turnirida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Qozog’istondan so’ng uchinchi o’rinni egalladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments