Beshinchi kun qahramonlari. Ular orasida Davlat Bobonov ham bor!

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o’tkazilayotgan kattalar o’rtasidagi jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari ham tarix sahifalaridan joy oldi.

Quvonarlisi, Tokio Olimpiadasi oldidan o’tkazilayotgan so’nggi IJF musobaqasining beshinchi kuni O’zbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. -90 kg vazn toifasida medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqqan yurtdoshimiz Davlat Bobonov finalga qadar etib bordi va jahon chempionatining kumush medal hamda 1400 ochkoga ega bo’ldi.

U oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi final bellashuvida jahon chempioni, asli gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Nikoloz SHerazadishviliga qo’shimcha bo’limdagi ochko evaziga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Tantanali taqdirlash marosimida O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisi o’rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi.

Beshinchi kunning barcha g’olib va sovrindorlari:

-70 kg vazn toifasi

  1. Barbara Matich (Xorvatiya)
  2. Yoko Ono (Yaponiya)
  3. Mikaela Polleres (Avstriya)
  4. Sanne Van Diyk (Niderlandiya)

-90 kg vazn toifasi

  1. Nikoloz SHerazadishvili (Ispaniya)
  2. DAVLAT BOBONOV (O’ZBEKISTON)
  3. Markus Niman (SHveciya)
  4. Kristian Tott (Vengriya)

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments