Bugungi ishtirokimiz muddatidan avvalroq yakunlandi

Bugungi ishtirokimiz muddatidan avvalroq yakunlandi

Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilayotgan kattalar o’rtasidagi jahon chempionatining oltinchi kungi bahslari o’zining qizg’in pallasiga kirib bormoqda.

Biroz avval -100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Muhammadkarim Hurramov jahon chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini yakunladi. Yurtdoshimiz nimchorak final bellashuvida serbiyalik Aleksandr Kukoljga qarshi bahs olib bordi va ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo’ydi.

SHu tariqa, O’zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi bugungi ishtiroki kutilganidan biroz avvalroq yakuniga etdi. Ertaga og’ir vazn (+100 va +78 kg) toifasidagi bahslarga umid bog’lab qolamiz.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments