Dzyudo bo’yicha Olimpiada litsenziantlari va ularning murabbiylari taqdirlandi

Dzyudo bo'yicha Olimpiada litsenziantlari va ularning murabbiylari taqdirlandi

Ayni daqiqalarda Turizm va sport vazirligida Tokio-2020 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma olgan dzyudochilar hamda ularning murabiylarlarini taqdirlash marosimi yakuniga etib bormoqda.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvahitov, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, federaciya mutasaddilari, dzyudochilar, ularning ota onalari, murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvahitov dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi azosi Gulnoza Matniyozovani mukofotlash to’g’risidagi Prezident Farmonini o’qib eshittirdi hamda yuksak davlat mukofoti – «SHuhrat» medalini sportchimizga topshirdi.

Tantanali marosimda XXXII yozgi olimpiya o’yinlarining 10 nafar (7 erkak, 3 ayol) litsenzianti hamda ularning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari topshirildi. Dzyudochilar 100 mln, ularning murabbiylari 50 mln so’mlik sertifikatlarni qabul qilib olishdi. Dzyudochilar nomidan so’zga chiqqan Davlat Bobonov, Gulnoza Matniyazova, terma jamoa murabbiyi O’ktam Rahmonov bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun Olimpiadada bor imkoniyatlarini ishga solishga vada berishdi.

Malumot uchun, O’zbekiston dzyudosi tarixida ilk bor terma jamoamizning 10 nafar azosi Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladi. SHuningdek, jamoaviy mikst bahslarida ham ilk bor ishtirok etamiz. Terma jamoamiz delegaciyasi ertaga Yaponiyaning Maydzuru shahriga jo’nab ketadi. Olimpiadaga tayyorgarlikning so’nggi bosqichi aynan Kunchiqar yurtda o’tkaziladi.

O’zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments