O’zbekiston Tokio-2020 Olimpiadasiga qanday tarkib bilan borishi aniq bo’ldi

O'zbekiston Tokio-2020 Olimpiadasiga qanday tarkib bilan borishi aniq bo'ldi

Ayni paytga kelib, O’zbekiston delegaciyasining XXXII yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi malum.

Ushbu maqolada Tokio-2020 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi barcha atletlar bilan tanishtiramiz.

Sportchilarimiz o’z yo’nalishlariga qarab 2017 yildan to shu kecha kunduzga qadar Tokio-2020 Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish uchun bir-biridan murosasiz musobaqalarda bahs olib borishdi. Yakunda delegaciyamiz kunchiqar yurtda o’tadigan mazkur Olimpiadaga sportning 17 turida 71 ta yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Quyida litsenziat sportchilarimizni tanishtiramiz:

Boks (11 ta):
-52 kg: SHahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro’zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: SHahnoza Yunusova

Erkin kurash (4 ta):

-57 kg: G’ulomjon Abdullaev
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-86 kg: Javrail SHapiev
-97 kg: Magomed Ibragimov

Yunon-rum kurashi (4 ta):
-60 kg: Elmurat Tasmuradov
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-87 kg: Rustam Assakalov
-130 kg: Mo’minjon Abdullaev

Taekvondo (4 ta):
-68 kg: Ulug’bek Rashitov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova

Og’ir atletika (4 ta):
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-109 kg: Akbar Jo’raev
-55 kg: Muattar Nabieva
-76 kg: Kumushxon Fayzullaeva

Qilichbozlik (3 ta):
SHpaga, ayollar: Malika Hakimova
Sablya, ayollar: Zaynab Dayibekova
Sablya, erkaklar: SHerzod Mamutov

Engil atletika (7 ta):
Balandlikka sakrash, ayollar: Svetlana Radzivil
Balandlikka sakrash, ayollar: Safina Sadullaeva
Bosqon uloqtirish, erkaklar: Suhrob Xo’jaev
Uzunlikka sakrash, ayollar: Darya Reznichenko
Uch hatlab sakrash, ayollar: Roksana Xudoyorova
Uch hatlab sakrash, erkaklar: Ruslan Kurbanov
Ko’pkurash, ayollar, Ekaterina Voronina

Dzyudo (11 ta):
-60 kg: SHarofiddin Lutfillaev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatilloh To’raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-63 kg: Farangiz Hojieva
-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Aralash jamoaviy musobaqa

Suzish (2 ta):
100 m, erkin suzish: Xurshidjon Tursunov
100 m, brass: Yulduz Qo’chqorova

Kanoeda eshkak eshish (4 ta):
S-2 500 metr: Dilnoza Rahmatova
S-2 500 metr: Nilufar Zokirova
S-1 200 metr: Dilnoza Rahmatova
S-1 200 metr: Nilufar Zokirova

Akademik eshkak eshish (2 ta):
LMX2X, 2000 metr: Sobir Safaraliev
LMX2X, 2000 metr: SHahboz Xolmirzaev

Sport gimnastikasi (2ta):
Yakkalik dastur: Rasuljon Abdurahimov
Yakkalik dastur: Oksana CHusovitina

Badiiy gimnastika (6 ta)
Ko’pkurash: Sabina Tashkenbaeva
Guruh mashqi: Nilufar SHomurodova
Guruh mashqi: Kseniya Aleksandrova
Guruh mashqi: Dinara Ravshanbekova
Guruh mashqi: Sevara Safoeva
Guruh mashqi: Kamola Irnazarova

O’q otish sporti (2 ta):
10 m, miltiq: Muxtasar Tohirova
50 m, miltiqdan 3 holatda: Muxtasar Tohirova

Velosport (2ta):
Guruh poygasi, erkaklar: Murodjon Xolmurodov
Guruh poygasi, ayollar: Olga Zabelinskaya

Zamonaviy beshkurash (2ta):
Yakkalik, erkaklar: Aleksandr Savkin
Yakkalik, ayollar: Alise Faxrutdinova

Tennis (1 ta):
Yakkalik, erkaklar: Denis Istomin

Eslatib o’tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o’yinlari 23 iyul – 8 avgust kunlari bo’lib o’tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments