Qozon zabt etildi. Dzyudo bo’yicha O’zbekiston yoshlari MDH o’yinlari g’olibi!

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o'tkazilayotgan birinchi MDH o'yinlarining dzyudo musobaqasi jamoalar o'rtasidagi bellashuvlar bilan o'z yakuniga etdi.

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o’tkazilayotgan birinchi MDH o’yinlarining dzyudo musobaqasi jamoalar o’rtasidagi bellashuvlar bilan o’z yakuniga etdi.

Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada Hamdo’stlikning 6 davlat terma jamoalari medallar uchun tatamiga chiqishdi. Yarim finalda MDH o’yinlari mezboni – Rossiyani 5:2 hisobida mag’lub etgan dzyudochilarimiz oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi uchrashuvda Ozarbayjon terma jamoasidan ham ustun kelishdi – 5:3! 

Ozarbayjon kumush, Rossiya va Qozog’iston terma jamoalari bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Jamoaviy bahslarda chempionlik shohsupasiga ko’tarilgan dzyudochilarimiz O’zbekiston sport delegatsiyasiga umumiy hisobdagi 22-oltin medalni taqdim etishdi.        

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments